“Millar" dasturida aytilishicha, shu yilning 25-may kuni Qarshi—Toshkent yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelayotgan "Lacetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv davomida mashinaning yukxonasidan nomaʼlum hayvonga tegishli 361 kilogramm goʻsht topilgan. Ushbu goʻsht mahsulotlari Sirdaryo viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi laboratoriyasidan tekshiruvdan oʻtkazilganda ular eshak goʻshti ekani tasdiqlangan.
Haydovchining soʻzlariga koʻra, ushbu goʻsht mahsulotlari oʻziga tegishli emas balki ularni aytilgan manzilga olib ketayotgan boʻlgan.