Toshkentlik maktab oʻquvchisi 68ta OTMga muvaffaqiyatli imtihon topshirdi

    Keyingi avlod 15 Aprel 2021 1530

    Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumtaʼlim maktabining 11 “V” - sinf oʻquvchisi Saidkarim Tursunboyev xorijning oltmish sakkizta oliy taʼlim muassasasiga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi.

    Saidkarim Tursunboyev eng yuqori ball toʻplab, ulardan bir nechtasining grantlar sohibiga aylangan.

    Bitiruvchi Saidkarim Tursunboyev imtihon topshirgan oliy taʼlim muassasalari orasida AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Singapur, Malayziya kabi mamlakatlarning nomdor universitetlari bor.

    Avvalroq Toshkentdagi yana bir maktab oʻquvchisi muddatidan avval bir yoʻla 13 ta xalqaro universitet talabasi boʻlgani haqida xabar bergan edik.