Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Olmazor tumanidagi Qorasaroy koʻchasida transport vositalari harakati vaqtincha toʻxtatiladi.

Maʼlumotlarga koʻra, ishlarni bajarish muddati shu yilning 2-apreldan sentyabr oyigacha belgilangan.

“Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va haydovchilarga muqobil yoʻnalishlardan foydalanib, oʻz yoʻllarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi”, — deyiladi xabarda.