Toshkent—Xiva yoʻnalishi uchun 10 ta yangi vagon foydalanishga topshirildi. Vagonlar 4 ta plaskart (har biri 54 ta oʻringa ega), 4 ta kupe (har biri 36 ta oʻringa ega) hamda 2 ta SV (har biri 18 ta oʻringa ega) turdagi vagonlar boʻlib, ular bir vaqtning oʻzida 396 nafar yoʻlovchini tashish imkoniyatini beradi.
Yiliga 144 540 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratadi.
Prezidentning 2023-yil 10-oktyabrdagi qarori asosida 2025—2026-yillarda yangicha dizayn va uslubda ishlangan, barcha qulayliklarga ega boʻlgan 70 ta zamonaviy yoʻlovchi vagonlarini xarid qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan imtiyozli kredit liniyalari asosida mablagʻlar ajaratildi.
Shu vagonlarning dastlabki 10 tasi yoʻlovchilar uchun foydalanishga topshirildi va 26-apreldan boshlab vagonlar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.
“Kelgusi ikki yil davomida shu kabi yoʻlovchi vagonlari soni yana 70 taga koʻpaytirilib, eski turdagi yoʻlovchi vagonlaridan bosqichma-bosqich tarzda voz kechiladi”, deyiladi xabarda.








