Toyloq tuman Davlat xizmatlari markazining yangi binosi zamonaviy tarzda qurilgan. Markaz ko‘p qavatli aholi turar joy binolariga hamohangligi bilan alohida ajralib turadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan 2 qavatdan iborat markazga tashrif buyuruvchilarga keng va yorug‘, shinam xizmat zalida qulay sharoitlarda xizmat ko‘rsatiladi. Markazda elektron navbat tizimi 6 ta monitorda aks etib turadi. 16 ta qabul oynasida esa ko‘rsatiladigan xizmatlarda shaffoflik asosiy mezon sanaladi.
Markazda bolalar uchun maxsus o‘yin maydonchasi, FHDYo bo‘limi, tadbirkorlar uchun bosh vazir qabulxonasi, investorlar xonasi, notarius bo‘limi, kitob burchagi hamda bank kassasi mujassam.
Ma'lumot o‘rnida, Toyloq tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida 29 516 ta xizmatlar ko‘rsatilgan, 832 ta (yuridik shaxslar 319 ta, jismoniy shaxslar 513 ta) tadbirkorlik sub'ektlari va 1 ta qo‘shma korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.