Bu haqda Olimpiada tashkiliy qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yakshanba kuni tashkilotchilar ana shunday qarorga kelishdi.
“Olimpiada o'yinlari tashkiliy qo'mitasi, Xalqaro triatlon federatsiyasi, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari suv sifati darajasi yetarli darajada kafolatlanmagani uchun triatlon bo'yicha kirish tadbirining suzish qismini bekor qilishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.
Navbatdagi triatlon musobaqalari 30 va 31-iyul kunlariga belgilangan, deb xabar beradi tass.ru.