Jahon chempionati Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) rahbarligida Mudofaa vazirligi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi, deyiladi Mudofaa vazirligi maʼlumotida.
Sportchilar 3 ta toifada – yakkalik, jamoaviy (MIX) va yoshi kattalar (Senior) oʻrtasidagi bahslarda medallar jamlanmasi (yakkalik va guruh bahslari) uchun kuch sinashdi.
Professional va yoshi katta sportchilar oʻrtasida kechgan yakkalik bahslarida sportchilar ochiq suv havzasida 750 metr masofaga suzish, xalqaro talabga javob beruvchi yoʻnalishda 19 kilometr masofaga veloyurish hamda tarixiy markazda tashkil etilgan trassalar boʻylab 5 kilometr masofaga yugurishni amalga oshirishdi.
Musobaqaning umumiy natijalariga koʻra, birinchi oʻrin Fransiya Respublikasi terma jamoasiga, ikkinchi oʻrin Rossiya Federatsiyasi jamoasiga, uchinchi oʻrin esa Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoasiga nasib etdi.
Ishtirokchilar munosib taqdirlandi.








