Samarqandda harbiylar oʻrtasida triatlon sport turi boʻyicha 25-jahon chempionati boshlandi

    Sport 19 Avgust 2025 727

    Bugun Samarqand tumanida sportning triatlon turi boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi 25-jahon chempionati start oldi.

    Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, nufuzli musobaqada dunyoning 13 davlati — Oʻzbekiston, Belgiya, Kanada, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Sloveniya, Shveytsariya, Qatar, Rossiya, Eron, Portugaliya va Qozogʻistondan tashrif buyurgan 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

    Bellashuvlar yakka tartib va jamoaviy yoʻnalishlarda oʻtkazilib, sportchilar 750 metrga ochiq suv havzasida suzish, 19 kilometr velopoyga hamda 5 kilometr yugurish bosqichlarida oʻz mahoratlarini namoyon etadilar.