Muzokaralar davomida yosh mutaxassislarni tayyorlash, birgalikdagi tadqiqotlarni, oʻzbekistonlik mutaxassislarning Syurix universiteti bazasida kardiologiya, rentgen-endovaskulyar jarrohlik, kardiojarrohlik, elektrofiziologiya kabi yoʻnalishlar boʻyicha qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istiqbollari belgilandi.

Muzokaralar davomida ikkala klinika oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga yuqori texnologiyali tibbiy yordamining sifati va turlarini koʻpaytirishda, oʻzbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha tadbirlar tashkil etishda leksiyalar, master-klasslar olib borishda Syurix universiteti gospitali yordami nazarda tutilgan strategik hamkorlik boʻyicha bitim imzolandi.

Undan tashqari, teletibbiyot sohasida ikkala markazning oʻzaro birgalikdagi harakatini tashkil etish,  yuqori aortal kalapani transkateter implantatsiyasi (TAVI), stent-graftlar implantatsiyasi va boshqalar kabi yuqori texnologik muolajalarni oʻtkazish haqida qaror qabul qilindi. Shuni taʼkidlash joizki, Syurix universiteti gospitali nafaqat Respublika kardiologiya markazini, shuningdek uning barcha filiallari hududlardagi boʻlinmalarini ham qoʻllab-quvvatlaydi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.