Murojaat muallifining yozishicha, bemorni zudlik bilan operatsiya qilmasa ahvoli ogʻirlashish mumkin, lekin uning ijtimoiy holati ogʻir boʻlgani sababli operatsiya xarajatlarini koʻtara olmaydi.

Mazkur murojaat Ombudsmanning Samarqanddagi mintaqaviy vakili Diyor Xusanovga oʻrganish va darhol tegishli choralar koʻrish uchun yuborildi.

Mintaqaviy vakilning murojaati asosida bemorga Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan operatsiya uchun order berildi.

Shuningdek, Narpay tuman hokimiga murojaat qilinib, bemor Ya.N. Istiqlol MFYdagi “Temir daftar”ga kiritish va operatsiya xarajatlari uchun mablagʻ ajratish tavsiya etildi.

Natijada Ya.N. operatsiyasi uchun 21,5 mln soʻm ajratildi. Bundan tashqari viloyat kardiologiya dispanseri tomonidan qolgan 7 mln soʻmlik operatsiya xarajatlari qoplab berildi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakil

(Ombudsman) Axborot xizmati