Oʻzbekistonning har bir hududi, chekka qishloqlarigacha eʼtibordan chetda qolgani yoʻq. Jumladan Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani 192 262 kvadrat/kilometrni yer maydoniga quloch yoygan. Aholi soni 56,1 ming kishidan iborat boʻlib, qishloq va mahallalarda istiqomat qiladi. Tumandagi Pitnak hududi “Hazorasp” erkin iqtisodiy zona hisoblanib, koʻplab fuqarolarni ish bilan taʼminlab, yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshib kelyapti. “Uz AvtoMotors” avtomobil zavodi Xorazm viloyat filiali, “NUR MUXAMMAD ISLOM OBOD” tibbiy qoʻlqop ishlab chiqarish jamiyati, “NEW BEST STILE” MCHJ shaklidagi devor uchun gul qogʻozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona, temir-beton buyumlari qurilish materiallar zavodlari kunu tun faoliyat yuritib, nafaqat respublikamiz, qoʻshni davlatlar bozorlariga ham oʻz mahsulotlarini chiqaryapti. Bundan tashqari “Sarimoy turkman gilamlari” ishlab chiqarish korporatsiyasida ham koʻplab ayollarning ish bilan taʼminlangan. U yerda ustoz-shogird anʼanalari asosida ish olib borilib, yosh avlodga milliy hunarlarimizdan gilamchilik sanʼatini oʻrgatilyapti. Bu, esa qadriyatlarimizni uzviy davom ettirib, qadimiy va oʻlmas merosimizni dunyoga tanitish uchun yana bir imkon boʻldi. Qolaversa oddiy koʻrinsa ham mashaqqatli mehnat talab qiladigan issiqxonalar faoliyatida ham yaxshigina biznes yoʻlga qoʻyilib, pomidor, bodring ayniqsa qulupnay yetishtirish va yetkazish yoʻli bilan mahalliy xalq yaxshigina daromad qilyapti.

Tinch va osoyishta, koʻngil xotirjam dasturxonlari toʻkis xalqimiz farzandlari ham yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yangi rekonstruksiya qilingan, yangidan qurilgan maktabgacha taʼlim va maktablarda taʼlim olyapti. 2021-yil dekabr oyida qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan Armrestling boʻyicha Osiyo chempionatida tumanimizdan 8 ta ishtirokchi qatnashib, shundan 7 tasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2021-yilning oʻzida 195 ta maktab bitiruvchilari turli oliygohlarga davlat granti va shartnoma asosida oʻqishga kirib, talabalik baxtiga muyassar boʻldi.

Xushnudbek Sultonov,

Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi

Tuproqqalʼa tuman boʻlinmasi rahbari.