Malaka oshirayotgan mutaxassislari orasida Turizm va madaniy meros vazirligi, “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti masʼul xodimlari, Xiva turizm va madaniy meros texnikumi, Margʻilon turizm va madaniy meros texnikumi va Andijon turizm va servis kollejining mutaxassislik fanlari oʻqituvchilari bor.
Mazkur tadbir Germaniya xalqaro hamjamiyati (GIS) tomonidan tashkil etilgan.
Oʻquv jarayonida Irlandiyaning taʼlim tizimi, xususan, turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash, soha boʻyicha nazariya va amaliyot oʻrtasidagi integratsiya, Irlandiya davlatining turizm sohasining koronavirus pandemiyasidan keyingi rivojlanish holatini oʻrganish rejalashtirilgan.
Ishtirokchilarning malaka oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlari Germaniya xalqaro hamjamiyati (GIS) tomonidan qoplandi deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.