5-6-7-noyabr kunlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi professional kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boʻlib oʻtadi.

5-noyabr kuni Andijon, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlarida hamda Toshkent shahrida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tasarrufidagi kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari boshlandi. Test sinovlari uch smenada, katta sigʻimli binolarda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda oʻtkaziladi.

Hududga kirish joylarida nomzodlarning tana harorati oʻlchanib, ular tibbiy niqob va qoʻlqop bilan taʼminlanadi. Test sinovlari 22 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻzbek va rus tillarida oʻtkaziladi.

Test olinadigan fanlar 2 blokdan iborat boʻlib, har bir fan bloki 20 tadan, umumiy 40 ta test topshirigʻini oʻz ichiga oladi. Eslatma: Abituriyentlar testga kelish vaqti, binoga kirishi uchun ruxsatnoma olishi, test oʻtkaziladigan bino manzili hamda boshqa maʼlumotlarni hujjat topshirgan taʼlim muassasasidan olishlari mumkin.

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.