Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan 2021-yil 15-aprelda Turkiya Respublikasining “Turkish Airlines” aviakompaniyasiga Istanbul – Urganch – Istanbul va Istanbul –Fargʻona – Istanbul yoʻnalishlarida Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Eslatib oʻtamiz, “Turkish Airlines” aviakompaniyasi 2006-yil 28-sentyabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega boʻlib, Istanbul – Toshkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yoʻnalishlari boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.