O'zbekiston YOzuvchilar uyushmasida Badiiy tarjima va xalqaro aloqalar bo'limining “Turkiy adabiyot xazinasi” nomli asarlar majmuasini o'zbek tilida tayyorlash va chop etishga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Adabiyotshunos, tilshunos, tarjimonlar ishtirokidagi muhokamada “O'zbekiston” nashriyoti direktori Umid Hayitov 2021 yilda loyihaning 25ta jildi nashrga tayyorlangani haqida aytib o'tdi.
Uyushma raisi o'rinbosari G'ayrat Majidov kitoblarni nashrga tayyorlash uchun, eng avvalo, ishchi guruh tarkibini tuzish lozimligi, joriy yilda mazkur loyiha uchun rejalashtirilgan  75 ta jildni nashrga tayyorlash va belgilangan muddatda chop etish bo'yicha ko'rsatmalar berdi.
Muzokaralar davomida nashr uchun eng munosib asarlarni tanlash, kitoblar ro'yxatiga qo'shimchalar kiritish, asarlar tarjimasi uchun tarjimonlar belgilash, loyihaning “Turkiy adabiyot xazinasi” nomi “Turkiy tilli davlatlar adabiyoti” deb o'zgartirish borasidagi qator taklif-mulohazalar o'rtaga tashlandi. 

Zulayho Ahmadjonova, 
jurnalist