Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning “Alarko holding Altek” kompaniyasi bosh direktori Hakan Aytekinni qabul qildi. Uchrashuvda Fargʻonada quyosh fotoelektr stansiyasi qurish va ushbu loyihaning moliyaviy jihatlari muhokama qilindi.

Hakan Aytekin kompaniya tomonidan Turkiyada 1000 MVtli loyiha ustida ish olib borilayotgani xususida toʻxtalib oʻtdi. Agar zaruriy sharoitlar yaratilsa, kompaniya tomonidan ushbu tajriba asosida Fargʻonada ham mazkur loyihani amalga oshirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Mazkur taklif har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi hamda viloyatning Beshariq, Oʻzbekiston va Fargʻona tumanlaridan loyiha uchun mos joylar bilan tanishtirish uchun masʼullar biriktirildi.