Turkiyaga kelayotgan boshqa barcha yoʻlovchilar oʻzlari oxirgi emlashdan kamida 14 kun oʻtganidan keyin toʻliq emlash kursini tugatganligi toʻgʻrisida amaldagi sertifikat yoki oxirgi 6 oy ichida SOVID-19 dan sogʻayib ketganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlishi shart. Ushbu maʼlumot Turkiya hukumati tomonidan eʼlon qilindi.
“Turkiyaga kirayotganda 12 yoshgacha boʻlgan bolalar emlash sertifikatlari yoki PZR-test natijalarini taqdim qilishdan ozod qilinadi”, – deyiladi bayonotda.
Ushbu sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda, yoʻlovchiga Turkiyaga kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilgan SARS-COV-2 PZR-testini salbiy natijasini yoki Turkiyaga kelishidan 48 soat oldin antitanachalarga topshirilgan ekspress-testini salbiy natijasini taqdim etish talab etiladi.
SOVID-19dan toʻliq emlash kursidan oʻtmagan Turkiyaga kelayotgan yoʻlovchilar 14 kunlik oʻz-oʻzini yakkalash rejimiga joylashtirilishlari mumkin, deb xabar beradi “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati.