Qayd etilishicha, avtobus Sivas – Istanbul yo'nalishida harakatlangan. Haydovchi Myukremin chorrahasi yaqinida boshqaruvni yo'qotgan va avtobus qarama-qarshi chiziqni kesib o'tib, pastlikka ag'darilib ketgan.

Qayd etilishicha, 11 kishi voqea joyida halok bo'lgan, yana bir kishi kasalxonaga yotqizilganidan keyin uning hayotini saqlab qolishning iloji bo'lmadi. Shuningdek, Yozgat va Sorgun tumanlaridagi shifoxonalarga yetkazilgan 19 jabrlanuvchidan birining ahvoli og'ir ekanligi ma'lum.

Hodisa joyida politsiya va tez tibbiy yordam xodimlari ishlamoqda, deb xabar beradi iz.ru.