Kilis va Shanliurfadan keyin Adana viloyatida ham zilzilalardan soʻng qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi, deya maʼlum qildi Turkiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi rahbari Vaxit Kirishchi Twitterdagi sahifasida.
“Adanada qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlandi. 34 nafar fuqaroni vayronalar ostidan olib chiqdik, 418 nafar fuqaro halok boʻldi”, dedi u.
Adana Turkiyada yuz bergan kuchli zilziladan eng kam jabrlangan viloyatlaridan biridir. U yerda vayron boʻlgan binolar bor, odamlar vayronalar ostida qolib ketgan, biroq Hatay, Qahramonmarash, Adiyamandagi falokat bilan solishtirganda, bu hudud ancha kam talofat koʻrgan, deb xabar beradi mir24.tv.