Viloyat rahbari Sardor Meredov 9 may kuni paxta dalaridagi ishlarni ko'zdan kechirish uchun Turkmanboshi tumaniga tashrif buyurgan.
Bu vaqtda mahalliy savdo do'konida un uchun navbatda turgan ayollar Meredovni un etishmayotganligi uchun choralar ko'rmayotganlikda ayblagan va unga tashlanishgan.
Ayollar hujumidan qochgan hokim u erga politsiyani jo'natgan. Huquq tartibot organlari xodimlari ayollarni tinchlantirgan va so'roq qilish uchun olib ketgan.
So'ngi yillarda Turmanistonda un va non etishmasligi masalasi tez-tez o'rtaga chiqmoqda.