Bu haqda Janubiy Koreyaning Kenpuk universiteti olimlari Britaniya Biobanki asosida tadqiqot o'tkazgandan so'ng ana shunday xulosaga keldi.

Tadqiqotchilar Buyuk Britaniyadagi 500 000 kishining salomatlik holati va odatlari haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilishdi. Ovqatni hech qachon tuzlamagan odamlarda fibrillyatsiya va boshqa yurak kasalliklariga chalinish ehtimoli bu qoidalarga rioya qilmaydiganlarga qaraganda 18 foiz kamroq ekani aniqlandi. Vaqti-vaqti bilan tuzni iste'mol qiladiganlar uchun xavf 15 foizga kam bo'lgan.

Fibrillyatsiya – bu yurakning tartibsiz va g'ayritabiiy tez urishi bilan kechadigan kasallik. Ushbu kasallikka chalingan odamlar bosh aylanishi, nafas qisilishi va charchoqdan shikoyat qilishadi. Kelgusida ularning insultga chalinish ehtimoli besh baravar yuqori bo'ladi. Buyuk Britaniyada ushbu kasallik bilan og'rigan bemorlar soni so'nggi o'n yil ichida 50 foizga oshib, 1,5 million nafarga yetdi, deb xabar beradi mir24.tv.