Hujum natijasida pop yulduzlari, siyosatchilar va eng yaxshi biznesmenlarning akkauntlari buzilgan. Prokuror Endryu Uorren oʻspiringa “Amerika boʻylab odamlarni aldagani” uchun 30 ta ayblov eʼlon qildi.

15-iyulda xakerlik hujumi paytida Ilon Mask, Bill Geyts, Jeff Bezos, Jo Bayden, Barak Obama va Kim Kardashianning akkauntlari buzib kirilgan edi. Ularning nomidan Bitkoin xayr-yehsonlari toʻgʻrisidagi daʼvatlar Tvitterga joylashtirildi.

Hujum natijasida 17 yoshli oʻsmir 100 ming dollarlik bitkoinni oʻzining kriptohamyoniga oʻtkazib olgan.

“Kriptovalyuta sanaladigan Bitkoin oʻgʻirlangan taqdirda uni kuzatish va qaytarish juda qiyin, - dedi prokuror Uorren. - Ushbu jinoyatlar mashhur kishilarning nomlaridan foydalangan holda sodir etilgan, ammo ular asosiy qurbonlar emas, bu firibgarlik butun mamlakat boʻylab, shu jumladan, Florida shtatida oddiy amerikaliklarga qarshi qilingan”.

Uorrenning soʻzlariga koʻra, FQB, Adliya vazirligi va bir qator davlat razvedka idoralari butun mamlakat boʻylab qidiruv ishlarini olib borgan va Xillsboro okrugida gumonlanuvchini aniqlagan.

Prokuror Tampa shahrida yashovchi xaker federal qonunga emas, balki shtat qonunlariga binoan sud qilinishini taʼkidladi. Chunki Florida qonuni boʻyicha u katta yoshli odam sifatida ayblanishi mumkin.

Kompaniya tergov davomida ichki tizimlar va vositalarga kirishni cheklash uchun jiddiy choralar koʻrganligini maʼlum qildi.

Kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislarga tayanib Bi-bi-si jurnalisti Jo Taydining xabar berishicha, xakerlar telefon qoʻngʻirogʻi orqali Twitter xodimlarini yoʻldan ozdirgan. Fishka deb ataladigan texnikadan foydalangan holda, Internet-firibgarlar maxfiy suhbat davomida kompaniya xodimlarining hushyorligini pasaytiradi va ulardagi muhim maʼlumotlarni qoʻlga kiritadi, bu ularga operatsion tizimga kirishiga imkon bergan.