Bu belgi istalgan "tvit"ga (mullifi kim bo'lishidan qat'iy nazar) — shov-shuv ko'tarish maqsadida tarqatiluvchi tekshirilmagan axborotlarga, davolash usullari va statistika bilan bog'liq manipulyatsion xabarlarga qo'yiladi.

"Bizning maqsadimiz — jamoatchilik muloqotiga ko'maklashish orqali Tvitterda ishonchli ma'lumotlarni topish hamda ehtimoliy xavfli va chalg'ituvchi ma'lumotlar tarqatishni cheklashdir", — deyiladi kompaniya rasmiy bayonotida.

Bunday maxsus belgilar — foydalanuvchini ijtimoiy tarmoqning rasmiy sahifasiga yoki koronavirus haqida tasdiqlangan va ishonchli ma'lumotni o'z ichiga olgan boshqa veb-saytga yo'naltiradi.

12 maygacha e'lon qilingan xabarlarda ham belgilar paydo bo'ldi.