Trampning postlarini yozadigan maxsus yordamchisi borligi, uning faoliyatidagi zarurat bo'lishi mumkin. Ammo postlarni joylamasada doimiy kuzatib borish va postlarda nuqtai nazarini ifoda eta olishi lozim.
Ijtimoiy tarmoqlarda siyosatchilarning bo'lishi bugungi kunning talabi. Ulardan ko'zlangan asosiy maqsad ham shu – siyosatchi va saylovchi, davlat xizmatchisi va xalq o'rtasida jonli muloqotni tashkil etish. Natijada ular xalqqa yaqinlashadi, qilayotgan ishlarini quruq rasmiy xabarlar orqali emas, barchaga tushunarli tilda bayon qiladi.
Dan Skavino — Prezident ma'muriyatining Ijtimoiy media direktori. Oq uy rahbarining so'zlariga ko'ra, u mustaqil ravishda postlarni faqat ertalab yoki kechqurun nashr etadi. Peshindan keyin, Amerika rahbari juda band va shunchaki o'z yordamchisiga xabarlarni yozib qo'yadi.
Ma'lumki, Tramp ijtimoiy tarmoqlarda jahonning boshqa rahbarlaridan ko'ra faolroqdir. Ammo doimiy kuzatuvchilari postlar uning qo'li bilan yozilmasligini bilgach havotirga tushishlari mumkinmi? Tramp “Mening bir ajoyib jentlmen yordamchim bor. Dan juda zo'r yigit. U yaxshi ishlaydi“, deya ta'kidlagan. Bundan ko'rinadiki, postlarda uning qarashlari, fikrlari to'la ifoda etiladi desak xato bo'lmaydi. Faqat qo'llar boshqa holos. Bu esa tabiiy holat deb baholanishi kerak, nazarimda.
Kamola Abduvalieva
“Milliy tiklanish” partiyasi Andijon
viloyat Kengashi matbuot kotibi