Konferensiyada  Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi  respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent  tibbiyot akademiyasi, AQSHdagi Sent-Luis universiteti qoshidagi Tibbiyot maktabi ortopediya departamenti, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining N.N. Priorov nomidagi Milliy travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.  

Anjumanda  “СOVID-19” sharoitida politravma”,  “Politravmada “SOVID-19” oqibatida paydo boʻlgan zararni nazorat qilish” hamda  “Koʻp sonli sinish oqibatidagi BIOS” kabi dolzarb mavzularda maʼruzalar tinglandi, bahs-munozaralar boʻldi.

Politravmaning  oʻziga xos xususiyatlari, yangicha davolash usullari va ilmiy qarashlar, innovatsion ishlanmalar haqida maʼlumotlar berildi, tajribalar xususida soʻz bordi. 

Eslatma: politravma — cuyak sinishi; suyak butunligining buzilishi. Singan suyaklar  monotravma  va politravma kabi turlarga  ajratiladi.

Politravma olgan bemorga koronavirus yuqqanida uning ahvoli alohida nazorat qilinadi.

Chunki bunday vaziyatda suyak boʻlaklari atrofidagi qon tomiri va nerv tolalari jarohatlanib, bemor hayoti jiddiy xavf ostida qolishi mumkin.

Toshkent tibbiyot akademisi matbuot xizmati