Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martda qabul qilingan “Davlat qoʻriqxonalari va milliy tabiat bogʻi hududlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 153-sonli Qarorida belgilab qoʻyildi.
Qarorga koʻra, “Nurota” davlat qoʻriqxonasi hududi Forish tumanidagi zaxira yerlardan 1173,1 gektar, Forish davlat oʻrmon xoʻjaligining 270 gektar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani Pangat hududidagi 1657,41 gektar va Payariq tumanining Xalqobod hududidagi 1165,46 gektar yer maydonlari hisobidan 4265,97 gektarga kengaytirilib, umumiy yer maydoni 22 017,97 gektarga yetkazildi.
Shuningdek, “Zarafshon” milliy tabiat bogʻi hududi Bulungʻur tumanidagi zaxira yerlardan 275,58 gektar va Jomboy davlat oʻrmon xoʻjaligining 42,34 gektar, Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligining 278,78 gektar, Toyloq tumanidagi Dargʻom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasining 262,1 gektar, Toyloq tumanidagi zaxira yerlardan 1808,79 gektar va Jomboy tumanidagi zaxira yerlardan 140,02 gektar yer maydonlari hisobidan 2 807,61 gektarga kengaytirilib, umumiy yer maydoni 5 234,01 gektarga yetkazildi.
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaligining 249 gektar yer maydonlari hisobidan “Surxon” davlat qoʻriqxonasi hududi kengaytirilib, umumiy yer maydoni 24 051 gektarga yetkazildi.
Bundan tashqari, “Nurota” va Surxon davlat qoʻriqxonalarining asosiy maydoniga tutash 17 145,2 gektar va 16 446 gektar yer maydonlari qoʻriqlanma zonalar etib belgilandi.









