Uch qavat boʻlishi kerak boʻlgan bino oʻn ikki qavatga aylanib ketdi

    Urbanizatsiya 11 May 2023 2797

    Toshkentda 3 qavat qurilishi rejalashtirilgan binoda noqonuniy tartibda qoʻshimcha 9 qavat va mansarda qurgan tadbirkor aniqlandi.

    Aniqlanishicha, Toshkent shahar Uchtepa tumani 23-mavze hududida buyurtmachi “M.G.H.” MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasida qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida 2021-yilda nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yuborilgan. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining tegishli xulosasi bilan bino eskiz loyihasi 3 qavatga kelishilgan.

    2021-yilda esa ushbu obyektda loyihadan chetga chiqqan holda qoʻshimcha qavatlar qurilishi aniqlangan. Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan bir necha marta yozma koʻrsatma hamda ogohlantirish xatlari berilishiga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirgan.

    Hozirda tadbirkor Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 99-moddasi (shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) tegishli bandlari asosida javobgarlikka tortilgan hamda ushbu obyekt yuzasidan Sud organlariga daʼvo arizalari kiritilgan.