Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “N.n.”, “M.s.”, “B.s.”, “S.k.” va “I.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari moddiy javobgar shaxslari hududdagi xonadon egalaridan kommunal toʻlovlari uchun undirilgan jami 413,9 mln soʻmni kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.