UYEFA 2023-yilgi Yevropa Superkubogi, yaʼni Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi gʻolibi oʻrtasidagi bahs Tatariston poytaxti Qozon shahridan Gretsiya poytaxti Afinaga koʻchirilganini eʼlon qildi.
Bu bellashuv joriy yilning 16-avgust kuni Afinaning “Georgios Karaiskakis” stadionida boʻlib oʻtadi.
Maʼlumki, Ukrainadagi mojaro tufayli UYEFA oʻtgan yil Chempionlar ligasi finalini ham Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Parijga koʻchirgan edi.