Vazirning soʻzlariga koʻra, mamlakat toʻrt hududga boʻlinadi, ularning har biri epidemik vaziyatga qarab turli cheklovlarga ega boʻladi.

Qoidalarga koʻra, eng yengil cheklov choralari “yashil” hududda belgilanadi — fuqarolar niqob rejimida yuradi, oʻzaro masofa saqlanadi (ommaviy tadbirlarda 5 kvadrat metrga bir odam). Bundan tashqari, kinoteatrlar va teatrlarda tomoshabinlar soni 50 foizdan oshmasligi kerak.

“Yashil” hududlardagi jamoat transportida yoʻlovchilar faqat oʻrindiqlar soni miqdorida tashiladi.

“Mamlakat ichidagi “qizil” hududlarda transport harakati cheklanadi”, — deya vazirning soʻzlarini keltiradi “Interfaks”.