Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot berdi.
28-fevraldan 5-martga qadar 14 ta aviareys tashkillashtirildi va 3 245 nafar vatandoshimiz qaytarildi. 5-martga qator reyslar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Axborotda taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning Kiyev shahridagi Elchixonasi saʼy-harakatlari bilan Truskaves shahrida davolanayotgan 20 nafar vatandoshimiz evakuatsiya qilindi. Sumi oblasti maʼmuriyati bilan bu yerdagi oliygohlarda oʻqiyotgan 25 oʻzbek talabasini olib chiqish uchun “yashil yoʻlak” ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Oʻzbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, shu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda boʻlib, fuqarolarimizni evakuatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqdalar.