2022-yilning 2-3-mart kunlari “Uzbekistan Airways” AJning uchta samolyoti bilan 671 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilindi. Ular orasida 129 ayol, 82 nafar bola va 14 nafar chaqaloq bor.

Umumiy hisobda Ukrainadan Polsha hududi orqali sakkizta aviareyslar bilan 1 859 nafar vatandoshimiz olib kelindi.
Bugun yana bir necha evakuatsiya qatnovini tashkil etish rejalashtirilgan.

Polsha hududida mamlakatimizning 1100 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 550 nafari Polsha davlat chegarasidagi toʻplanish nuqtasiga, 550 nafari esa Katovitse aeroportiga joylashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan jangovar harakatlar ketayotganiga qaramay, mamlakatimiz fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Mamlakatimizning Polsha va Ukrainadagi diplomatik vakolatxonalari uzluksiz tartibda ishlamoqda. Fuqarolarimiz uchun issiq ovqat yetkazilib, zarur hollarda tibbiy xizmatlar koʻrsatilmoqda.

*****

Oʻzbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi raqamlari:
+380 44 501 50 00,
+380 44 501 41 81,
+380 44 501 41 82,
+380 44 501 41 83.

Oʻzbekistonning Polshadagi Elchixonasi raqamlari:
Maruf Karimov (“Karchova” nazorat-oʻtish punktida): +48 508 064 333; Telegram: +99893 5947557.
Asqar Beknazarov (Katovitse shahri aeroportida): +48 508 995 888; Telegram: + 99890 1160084.
Sardor Axmatov (Elchixonada): +48 502 501 588" Telegram: + 99894 6541010.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Call-markazi”:
1164 va @Miduzbshtab Telegram-kanali.