Energetika vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yilning yanvar oyi davomida ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 614 ta holatda ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 85 mln kub metr (85 mlrd soʻm) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan —

  • Buxoro viloyatida 37,9 mln kub metrni (37,8 mlrd soʻm),
  • Qashqadaryoda 25,1 mln kub metrni (25 mlrd soʻm),
  • Toshkent viloyatida 13,2 mln kub metrni (13,2 mlrd soʻm),
  • Navoiyda 3,5 mln kub metrni (3,6 mlrda soʻm),
  • Fargʻonada 1,3 mln kub metrni (1,2 mlrd soʻm) tashkil etgan.

Noqonuniy foydalanish holatlari isteʼmolchilar toifasi boʻyicha —

  • AGTKSHlarda 20 ta holatda (76,8 mlrd soʻm),
  • issiqxonalarda 30 ta (1,2 mlrd soʻm),
  • ishlab chiqarish korxonalarida 39 ta (1,9 mlrd soʻm),
  • umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 ta (0,7 mlrd soʻm) aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.