Festivalda o‘zbek milliy taomlari, shuningdek, turkman, tatar, qozoq, koreys va rus milliy taomlari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bundan tashqari hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, folklor jamoalari chiqishlari, milliy liboslar namoyishi, milliy taomlar tayyorlash bo‘yicha master-klasslar hamda agroturizm mahsulotlari yarmarkasi ham bo‘lib o‘tdi.
Xorijiy va mahalliy minglab sayyohlarni o‘ziga jalb etgan festivalda mehmonlar o‘zbek hamda turli xalqlar milliy taomlarining tayyorlanishi jarayonlarini bevosita kuzatish va ta’tib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.