Ikki karra Olimpiada chempioni Ulugʻbek Rashitov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi

    Sport 11 Iyul 2025 753

    Taekvondo boʻyicha ikki karra Olimpiya chempioni, oʻzbekistonlik taekvondochi Ulugʻbek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi, deya Xalqaro doping tahlil agentligi bayonot berdi.

    Agentlik maʼlumotiga koʻra, sportchi soʻnggi 12 oy ichida uch marta oʻzining joylashuvi haqida notoʻgʻri maʼlumot bergan. Bu harakat antidoping qoidalariga koʻra, sinovdan bosh tortish bilan tenglashtiriladi va jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi.

    Rashitovning musobaqalardan chetlashtirilish muddati 2025-yil 13-maydan 2027-yil 12-maygacha etib belgilandi.