Ulugʻbek Rashitov dastlabki oltin medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 26 Iyul 2021 1743

    Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarining taekvondo -68 kg vazn toifasida dayanga chiqqan hamyurtimiz Ulugʻbek Rashitov mamlakatimiz sport delegatsiyasiga dastlabki medalni — oltin medalni taqdim etdi.

    Finalda hamyurtimiz Buyuk Britaniyalik taniqli sportchi, dunyo reytingida 2-oʻrinni egallab turgan amaldagi jahon chempioni Bredli Senden bilan jang qildi.

    Butun jang davomida Ulugʻbek ustunlik qildi. Ammo, soʻnggi raundda bir safar Buyuk Britaniyalik sportchi hisobda oldinga chiqib olgach, muxlislarimiz tahlikaga tushib qolgan boʻlishi mumkin. Biroq, Rashitov toʻrt yillikning nufuzli musobaqasiga puxta hozirlik koʻrganligi yakunda oʻz soʻzini aytdi. Jang oxirida berilgan aniq zarba hamyurtimizga Tokio-2020 Olimpiadasining oltin medalini taqdim etdi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.