Sovrin sportchimizga Gonkongda oʻtayotgan pumse boʻyicha jahon chempionati arafasida topshirildi.
Ushbu nominatsiya gʻolibi butun dunyo boʻyicha ovoz berish yoʻli bilan aniqlandi. Quvonarlisi, bu oʻzbek taekvondochilarining jahon miqyosida ilk bor mana shunday nufuzli sovrinni qoʻlga kiritishi boʻldi. Boisi, shu paytgacha hech bir hamyurtimiz Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan bunday eʼtirofga sazovor boʻlmagan edi.