-68 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Ulugʻbek Rashitov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz finalda vengriyalik Levente Jozsani 2:0 hisobida magʻluboyatga uchratdi. Shu tariqa, 8 yillik tanaffusdan soʻng oʻzbekistonlik taekvondochilar Gran-pri musobaqasida yana oltin medalga sazovor boʻlmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 10-iyun kuni, musobaqaning 2-kun bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Ushbu kun dasturida ham 2 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi. Soʻnggi 2 jahon chempionatlarining qahramonlaridan Feruza Sodiqova hamda Svetlana Osipova bugun musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:
-67 kg: Feruza Sodiqova - Yolanta Tarvida (Latviya),
+67 kg: Svetlana Osipova - Belen Moran (Ispaniya).