“Umid nihollari — 2022” sport musobaqalarining viloyat final bosqichi sportning 11 ta turidan bo'lib o'tmoqda.
Respublikamizning barcha tuman (shahar)larida umumta'lim maktablarining 7-8 va 9-11-cinf o'quvchilaridan iborat terma jamoalari mazkur musobaqalarda sportning badminton, futbol, basketbol, voleybol, gandbol, stol tennis, shaxmat, kurash, sport gimnastika, badiiy gimnastika, engil atletika sport turlari bo'yicha bellashmoqda.
Musobaqalar o'quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadiga uyg'un tarzda o'tmoqda.