Maʼlum qilinishicha, Andijon, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida jami 10 ta (“Marmara travel namangan”, “Sultan travel 2022”, “Diyor tour”, “Profi-travel”, “atlas avia tour”, “Meroj trevel”, “Urazov Islom Ulugbekovich (ideal travel) ”, “Al azhar travel”, “Hiro travel”, “Maknoon travel” MCHJlar) turoperator litsenziya hujjatlari mavjud boʻlmagan holda reklama joylashtirgan.
Bu bilan “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, yakunlari yuzasidan moliyaviy jarimalar qoʻllanildi.
Shuningdek, Qoʻmitaning Namangan va Fargʻona viloyatlari hududiy boshqarmalari tomonidan, jami 5 ta “Safo Marva” MCHJ, “Fargʻona Tour 2022” MCHJ, “Ziyorotul_Umra” MCHJ, Buvaydaliklar hayoti telegram kanali, “Umra Ziyorati Agentligi” MCHJlar tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Shu bilan birgalikda, 10 dan ortiq litsenziyaga ega boʻlmasdan reklama materiallari tarqatayotgan axborot resurslarini yurituvchi shaxslarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markaziga murojaat qilindi.
Ushbu oʻrganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tegishli choralar koʻrilishi taʼminlanadi.