Umumta’lim maktablariga quyosh elektr panellari o‘rnatilmoqda

    Joriy yil yakuniga qadar Xalq ta’limi vazirligi, tegishli tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar oldiga yurtimizdagi 1000 ta umumta’lim maktabi binolarida quyosh elektr panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yilgan.

    Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 390 ta umumta’lim maktabiga quyosh elektr panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.

    Mahalliy hokimliklar tomonidan 610 ta maktab binosiga quyosh elektr panellari o‘rnatiladi.

    Bugungi kunga qadar mahalliy hokimliklar hamda homiylar tomonidan Andijon, Navoiy, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Toshkent viloyatlaridagi maktablarda mazkur turdagi quyosh elektr panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Aytish lozimki, maktab binolarini quyosh elektr panellari bilan ta’minlashda homiylik yordamlaridan ham keng foydalanilmoqda.

    Xususan, “Falcon Hunting Solutions” MCHJ homiyligida Toshkent viloyatida 21 ta umumta’lim maktablariga quyosh elektr panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.