Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.-s.” MCHJ rahbari M.U. va boshqalar Parkent tumanidan oʻzboshimchalik bilan 5,2 ming kub metr unumdor tuproq qatlamini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 204,8 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.