Hujjat loyihasi bilan, SHovot tumanida joylashgan “YUsuf Hamadoniy” majmuasiga tutash hududlarda turizm infratuzilmasini barpo qilish, ziyoratchilar va turistlar uchun qo'shimcha qulayliklar jumladan, umumiy ovqatlanish ob'ektlarini “halol” standarti bo'yicha sertifikatlashtirish va dam olish joylari tashkil etish choralari ko'riladi.
SHuningdek, Urganch-Xiva yo'nalishidagi yo'l bo'yi hududlarini o'z ichiga olgan “Xiva turistik transport koridori”ni tashkil etish hamda ularda zamonaviy mehmonxona majmualari, savdo-ko'ngilochar va turizm ahamiyatiga ega bo'lgan boshqa ob'ektlar qurish belgilanmoqda.
Mazkur “Xiva turistik transport koridori” hududi “Wi-Fi” texnologiyasi asosida Internet jahon axborot tarmog'i bilan to'liq qamrab olinishi ko'zda tutilgan.
SHu bilan birga, 2020 yil 1 sentyabrdan “Urganch” xalqaro aeroportida “havo erkinligining” beshinchi darajasini taqdim etuvchi “Ochiq osmon” rejimi joriy qilinishi mumkin.
Qayd etilishicha, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab Urganch davlat universiteti bazasida xitoy, yapon, koreys, ital`yan, arab va ispan tillarini o'rgatishga ixtososlashtirilgan yo'nalishlar faoliyati ham yo'lga qo'yiladi.