Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasida sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga “tayyor holda” topshiriladi.
Shuningdek, viloyatda xorijiy investorlar bilan birgalikda polipropilen, bazalt mahsuloti va sendvich panel ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxona tashkil qilish, ixcham qishloq xoʻjaligi texnikasini yigʻish, meva-sabzavotni qayta ishlash, mebel va notoʻqima material ishlab chiqarish kabi loyihalar ishlab chiqilgan.