Yoʻlga qoʻyilgan mazkur elektron xizmatlar turi endilikda fuqarolarni oʻz ariza va murojaatlarini taqdim qilish uchun idoralar oldida navbatda turish, vaqtini yoʻqotishdan halos qiladi.

Mazkur xizmat turi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga navbatga qoʻyish, pensiya haqida maʼlumotnoma olish, nafaqa tayinlash, elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi hisoblagichlarini plombalash va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni toʻldirish va tayyor hujjatlarni binoga kirmasdan olish imkonini beradi.

Ushbu xizmatdan Urganch shahar DXM binosi yonidagi avtoturargohda foydalanish mumkin.

Hozircha bu xizmat turi sinov tariqasida joriy etilgan boʻlib, haftaning dushanba va seshanba kunlari koʻrsatiladi.

Kelgusida esa mazkur xizmat turini haftaning barcha ish kunlarida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri