Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmatidan maʼlum qildi.
Tekshiruv natijalariga koʻra, ularga nisbatan quyidagi moddalar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi:
- 139-modda (tuhmat) 3-qismi “a,” “g” bandlari;
- 165-modda 3-qismi “a,” “v” bandlari (tovlamachilik);
- 168-modda (firibgarlik) 4-qismi “a,” “v” bandlari;
- 198-moddaning 3-qismi (ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish);
- 228-modda 2-qismi “b” bandi, shuningdek, 228-modda 3-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);
- 229-modda (Oʻzini oʻzi boshqarish);
- 244-6-modda 3-qismi “v” bandi (yolgʻon axborot tarqatish).
Mazkur jinoyat ishi doirasida Furqat Roʻzmetov va Azamat Avezovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.
Yuqoridagi shaxslarning xatti-harakatlari natijasida jabrlangan fuqarolardan Urganch shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boʻlimiga murojaat qilish soʻralgan.