Xususan, Urgut innovasion biznes-akseleratori tashkil etiladi. Bu – ma'lum biznes g'oyaga, balki dastlabki mijozlarga ega, biroq, tadbirkorlik qilishga tajribasi va uquvi etishmayotgan yoshlar va yoshlar jamoalarini qo'llab-quvvatlovchi maskan bo'lishi kutilmoqda.
Biznes-akselerator biznesni rivojlantirish uchun kerakli bilimlarni beradi va zaruriy aloqalarni o'rnatishga ko'maklashib, tadbirkorlikni boshlash uchun mablag' olish usullarini o'rgatadi. Mentorlar va malakali mutaxassislar maslahatlari bilan yosh tadbirkorlar biznes-jarayonini tashkil etishdagi xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, mini texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'ladilar. Akselerator yoshlarni ish bilan ta'minlash bilan bir qatorda tadbirkorlik va sanoatni rivojlanishiga hissa qo'shadi.