Mazkur film oʻzbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan jasorati va boshidan kechirganlari haqida hikoya qiladi. Shuningdek, ayollarning frontga jalb etilishi, urushdagi qiyinchiliklari gavdalantiriladi. Rejissyorning fikricha, mazkur kartina Zebo Gʻaniyeva kabi urushda mardonavor ishtirok etgan ayollarga bagʻishlanadi.
Syomka jarayonlari Toshkent viloyati hamda Belarus davlatida boʻlib oʻtishi belgilangan. Filmning postanovkachi rejissyori Akbar Bekturdiyev Belarusda ijodiy safarda boʻlib qaytdi. Film voqealarining asosiy qismi Belarus davlatida sodir boʻladi. Hozirda kasting jarayonlariga tayyorgarlik hamda ijodiy guruh tomonidan tasvirga olish joylari koʻzdan kechirilmoqda.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati