Bayram dasturini institut rektori Feruza Madrahimova ochib berdi. Tadbir davomida taʼlim-tarbiya va ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh ustozlar institut faxriy professorligi unvoni bilan, yana bir guruh professor-oʻqituvchilar esa diplom va esdalik sovgʻalar bilan mukofotlandi.

Tadbir davomidagi madaniy-maʼrifiy chiqishlar, talabalar ijrosidagi dilbar kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Mazkur tadbir oʻqituvchilarning jamiyatdagi beqiyos maqomi va xizmatini yuksak qadrlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish yoʻlidagi navbatdagi ezgu qadamlardan biri boʻldi, deyiladi institut axborot xizmati xabarida.