Angren shahridagi ayrim mahallalarda yashovchi oilalar bu ishlar bilan shugʻullanadi. Jundan toʻqilgan kiyimlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga sotiladi.

Kuni kecha Prezidentimiz raisligida chorvachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash choralariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida qoʻy-echkilar sonini keskin koʻpaytirib, aholini jundan mahsulot toʻqib, daromad topishga ragʻbatlantirish muhimligi borasida muhim vazifalar berilgan edi.
Xususan, Angren shahridagi koʻplab uy bekalarini band qilgan “Shaxliya” MCHJ rahbari Shohista Madiyorovaning taklifiga koʻra, hududda angor echki junini kooperatsiya shaklida qayta ishlash loyihasini amalga oshirish ishlari tashkil etilmoqda.

Unga koʻra, hokim yordamchilari tomonidan mahallalardagi jami ishsiz ayollar roʻyxati shakllantirilgan. Ularni qayta oʻqitish, dastgohlar bilan taʼminlash, 50 ga yaqin xonadonlarga imtiyozli kreditlar asosida 30 tadan angor echkisi olib berish, yaylov uchun yer maydonlari ham ajratish rejalashtirilgan.

Bu saʼy-harakatlarni amalga oshirish orqali 1,5 milliard soʻm imtiyozli bank kreditlarini oʻzlashtirilgan. Oʻz navbatida 150 dan ortiq xonadonlarni doimiy daromadiga ega qilish, yiliga 3 ming kilogramm jun olishni yoʻlga qoʻyish, bir yilda 60 ming dona tayyor mahsulot olinishiga erishiladi. Eksport hajmini 2 million dollarga koʻtarish maqsad qilingan.

Toshkent viloyati hokimligi

Axborot xizmati